<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Yashadim bir umr</title>
<lyrics>[V1]
 Meni xar soniya
 Yulganlar bilan
 Qadrim oyoq osti
 Qilganlar bilan
 Meni yolgʻondakam
 Sevganlar bilan
 Yashadim bir umr
 Bagʻrimni tilib

[V2]
 Jonim tutganlarim
 Nayzalar sanchdi
 Bu xam kamlik qildi
 Toptadi, yanchdi.
 Kim eshigin yopdi
 Kim eshik ochdi
 Yashadim bir umr
 Oʻzimcha bilib

[V3]
 Kimdir manfaat uchun
 Keldi qoshimga
 Doʻsman deb soldilar
 Zaxar oshimga
 Qanchalar ogʻir kun
 Tushsa boshimga
 Yashadim bir umr
 Qahrni tiyib

[V4]
 Rabbim keling tezroq
 Najot istayman
 Siz bilan bir goʻzal
 Xayot istayman
 Bu yolgʻon dunyoda
 Sabot istayman
 Yashadim bir umr
 Yuragim ezib

[V5]
 Kimga borib aytay
 Dardim bedavo
 Xech kimdan topmadim
 Sadoqat, vafo
 Meni olib keting
 Rabbim iloyo
 Yashadim bir umr
 Dunyodan bezib

[V6]
 Xayolimda lak lak
 Farishta kelar
 Buyuk lashkaringiz
 Samoda yelar
 Kimni qandayligin
 Bir Xudo bilar
 Yashadim bir umr
 Chin dildan sevib...</lyrics>
<author>Ravshan Xizirov</author>
</song>